Armaniston va Ozarbayjon chegarasida otishma yuz berdi, qurbonlar bor. Tomonlar hodisada bir-birini ayblab chiqdi.
Armaniston Mudofaa vazirligining xabarida ko`ra, Syunik viloyati hududida Ozarbayjon kuchlari tomonidan otishma va minomyotlardan otilgan.
Arman tomoni iddaosicha Ozarbayjon harbiylari muhandislik ishlarini olib borayotgan arman harbiylariga qarata o`q uzishni boshlagan, keyinroq esa minomyotlardan foydalangan.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi arman tomonini provokasiyalarda aybladi, shuningdek, halok bo`lganlar va yaradorlar borligini ma`lum qilgan.
«11 aprel kuni Armaniston Qurolli kuchlari bo`linmalari tomonidan Lochin yo`nalishida sodir etilgan provokasiya natijasida yuzaga kelgan keskinlik saqlanib qolmoqda.
Yo`nalishda joylashtirilgan bo`linmalarimiz tomonidan ko`rilgan zarur chora-tadbirlar natijasida dushman katta yo`qotishlarga uchradi», — deyiladi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabarida.






