AsosiyJamiyat

Yangi tartibga ko`ra, jamoat joylarida shilqimlik qilgan shaxs besh kunga qamalishi mumkin

'Yangi tartibga ko`ra, jamoat joylarida shilqimlik qilgan shaxs besh kunga qamalishi mumkin'ning rasmi

Avvalroq, aholi orasida profilaktik ishlarni kuchaytirish, huquqbuzarlik sodir etganlarni esa qilmishiga yarasha jazolash maqsadida xalqaro standartlarni o`z ichiga qamrab olgan, xotin-qizlar va bolalarning huquqlari kafolatlarini kuchaytiruvchi yangi qonun imzolangani haqida xabar bergan edik.

Yangi tartibga ko`r, O`zbekistonda jamoat joylarida shilqimlik qilgan shaxs 5 kunga qamalishi mumkin. 

“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunda mazkur harakatlar uchun alohida jinoiy javobgarlik kiritilmoqda. 

Xususan, jamoat joylarida shaxsga shilqimlik qilish, shaxsni, uning qaddi-qomatini shahvoniy mazmunda tasvirlash, shu mazmundagi so`zlar bilan chaqirish, izohlash, qiyoslash yoxud unga nisbatan shahvoniy maylni ko`rsatuvchi harakatlar uchun alohida ma`muriy javobgarlik belgilanib, bu harakatlar uchun 1,5 million so`mgacha jarima yoki 5 sutkagacha qamoq jazosi nazarda tutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar