AsosiyJamiyat

Chiroqchi tumanidagi qishloqqa kelib qolgan ayiqni o`ldirganlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Chiroqchi tumanidagi qishloqqa kelib qolgan ayiqni o`ldirganlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi qishloqda paydo bo`lgan yovvoyi ayiq otib o`ldirilgani haqida xabar bergan edik.

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov aybdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilganini ma`lum qildi.

“Chiroqchi tumanida O`zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan Tyanshan qo`ng`ir ayig`i otib o`ldirilganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (Hayvonot yoki o`simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) 3-qismi "j" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar