AsosiyDunyo

Jurnalistlar uchun eng xavfli davlat qaysi?

'Jurnalistlar uchun eng xavfli davlat qaysi?'ning rasmi

“Chegara bilmas muxbirlar” (RSF) tashkilotining navbatdagi hisobotida qayd etilishicha, so`nggi 20 yil ichida er yuzi bo`ylab 1 660 nafar jurnalist halok bo`lgan. Shu davrda 280-300 jurnalist yo`q qilingan Iroq va Suriyadan keyin Afg`oniston ham hamon ommaviy axborot vositalari vakillari uchun xavfli davlat bo`lib qolmoqda. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.

Jurnalistlar to`g`ridan-to`g`ri yoki buyurtma asosida, ommaviy hujum natijasida o`ldirilyapti, davlatlar aro nizolar qurboniga aylanyapti.

Hisobotga, shuningdek, hamkasblarimiz uchun xatarli joylar sifatida Yaman, Falastin va Somalining turli hududlari kiritilgan.

    Boshqa yangiliklar