AsosiyJamiyat

Iqtidorli yoshlarning eng yaxshi g`oya, startap va loyihalari uchun 100 million dollar yo`naltiriladi

'Iqtidorli yoshlarning eng yaxshi g`oya, startap va loyihalari uchun 100 million dollar yo`naltiriladi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Ma`lumki, 2021 yilda 25 yoshgacha bo`lgan yoshlarni ishga olgan korxonalarga to`langan ijtimoiy soliqni qaytarib berish amaliyoti joriy qilingan edi. Bundan 9 mingdan ziyod korxona foydalandi, ularga 150 milliard so`mlik ijtimoiy soliq qaytarildi, 100 ming yoshlar bandligi ta`minlandi. Shu bois, ushbu tajribani yana 2 yilga uzaytirishga qaror qilindi.

1 iyundan boshlab “yoshlar daftari”ga kirgan talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to`lanadigan stajirovka tizimini joriy qilish topshirildi.

Yoshlar o`rtasida IT, reklama, kino, arxitektura, dizayn, marketing, hunarmandchilik, rassomchilik kabi yo`nalishlarga qiziqish ortib borayotganini hisobga olib, viloyat hokimlariga yil yakunigacha bittadan “Kreativ park” tashkil etish topshirildi. Ularda IT park rezidentlariga berilgan imtiyoz va engilliklar qo`llanadi.

Bu maqsadlar uchun “Yangi O`zbekiston yoshlari tashabbuslari” jamg`armasi va elektron platformasi tashkil qilinadi. Jamg`armaga 100 million dollar yo`naltiriladi. Bu mablag`lar iqtidorli yoshlarning eng yaxshi g`oya, startap va loyihalariga qulay va engil shartlarda, zarur bo`lsa, foizsiz va garovsiz ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar