Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti o`quv binosining devorida yoriq yuzaga kelgani aks etgan videoga universitet Matbuot xizmati munosabat bildirilgan edi.
Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan holat o`rganilgan.
Ma`lum qilinishicha, ushbu yoriqlar universitetning eski mavjud binosi hamda o`tish yo`lagi oralig`ida hosil bo`lgan. Ikki bino o`rtasidagi maxsus chok (temperaturniy shov), yillar davomida tashqi omillar ta`sirida shu holatga kelgan.
-Eski mavjud bino 1978 yilda loyihalashtirilgan va shu kunga qadar unda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmagan. Yoriqlar bilan bog`liq holatning 2019 yil Investisiya dasturi asosida qurib, foydalanishga topshirilgan universitetning yangi binolariga umuman aloqasi yo`q ekan.
Qayd etilishicha, yoriq bino g`isht devoriga bog`liq emas. Bino poydevorda cho`kish alomatlari mavjud emas.






