Ijtimoiy tarmoqlarda aholi xonadonining devor va tom qismida kuch ishlatar tizimi xodimlari yurgani va fuqarolarning bundan norziligi aks etgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan IIV matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, tasvirda aks etgan Namangan shahri O`zbekiston ko`chasidagi xonadonda yashovchi 1989 yilda tug`ilgan Sh. U. joriy yilning 1 aprel kuni soat 23:30larda Namangan shahrining Bobur bog`idan voyaga etmagan qizni, taksi sifatida uyiga olib borib qo`yishini aytib, aldab, noma`lum manzildagi xonadonga olib borib, zo`rlik ishlatib nomusiga tekkan.
Sh.U.ning jinoyatga oid harakatlari Bobur bog`i va atrof ko`chalardagi kuzatuv kameralarida aks etgan. Shuningdek, hozirda jabrlanuvchining kiyimlari, badanidagi tan jarohatlari va zo`rlik alomatlari yuzasidan tegishli sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlangan.
Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Qayd etilishicha, jinoyat sodir etishda gumonlangan Sh.U.ning qo`lga olish maxsus tadbiri jarayonida oila a`zolari tomonidan xodimlarga faol qarshilik ko`rsatilishi oqibatida gumonlanuvchi yashirinishga muvaffaq bo`lgan.
Shuningdek, Sh.U. joriy yilning 27 mart kuni soat 12:30 larda Namangan shahar Yoshlar majmuasi yonidagi chorrahada velosipedda xarakatlanib ketayotgan vaqtida, "VAZ-2106" rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotgan ikki nafar yosh yigitlarni, yo`lini to`sganliklarini bahona qilib, ularni urib, do`pposlab, voqea joyidan yashiringan. Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko`ra fuqarolarga "o`rtacha og`ir tan jarohati" va "engil tan jarohati" etkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan ham gumonlanuvchi Sh.Umarovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Ta`kidlanishicha, 1989 yilda Namangan shahrida tug`ilgan, hozirda Namangan shahri O`zbekiston ko`chasi 1-o`tish yo`li 22 uyda yashovchi Sh.U. "Epilepsiya kasalligi bilan bog`liq shaxsiyatning chuqur buzilishi, birlamchi generalizasiyalashgan talvasa xurujlari" tashxisi bilan Namangan viloyat ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasi 3-majburiy davolash bo`limida nazoratda turadi, muqaddam
1) 28.12.2006 yilda JKning 277-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan,
2) 23.05.2007 yilda JKning 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan,
3) 10.09.2008 yilda JKning 165-moddasi 2-qismi «v» bandi, 227-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan,
4) 04.05.2013 yilda JKning 118-moddasi 2-qismi «v,g» bandi, 119-moddasi 2-qismi «v,g» bandi, 164-moddasi 3-qismi «a,v»bandi, 166-moddasi 2-qismi «v» bandi, 138-moddasi 2-qismi «a» bandi, 118-moddasi 3-qismi «a» bandi, 277-moddasi 2-qismi «v,b» bandi, 127-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan,
5) 24.04.2021 yilda JKning 104-moddasi 2-qismi «v,e,l» bandlari bilan sudlangan.
"Suratdagi fuqaro ruhiy xastaligi hamda nihoyatda tajovuzkor ekanligini inobatga olib, uni uchratgan shaxslardan ehtiyot bo`lishlarini hamda darhol 102 qisqa raqamiga yoki yaqin atrofdagi huquq tartibot organ xodimlariga xabar berishlarini so`raymiz", - deyiladi IIV Axborot xizmati xabarida.
"Ayni paytda qidiruvda bo`lgan shaxs ruhiy xastaligi hamda nihoyatda tajovuzkor ekanligini inobatga olib, uni uchratgan shaxslardan ehtiyot bo`lishlarini hamda darhol 102 qisqa raqamiga yoki yaqin atrofdagi huquq tartibot organ xodimlariga xabar berishlarini so`raymiz", - deyiladi IIV xabarida.






