AsosiyJamiyat

O`zbekistonda kuchli shamol bo`lib, chang-to`zon ko`tarilishi kutilmoqda

'O`zbekistonda kuchli shamol bo`lib, chang-to`zon ko`tarilishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekistonda hafta o`rtasida kuchli shamol bo`lish kutilmoqda. Bu haqda "O`zgidromet" rahbari Sherzodxo`ja Xabibullaxo`ja ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, ertaga 12 aprel kuni O`zbekiston hududiga quruq va issiq havo kirib kelishi boshlanadi. 13-14 aprel kunlari respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 30-35 darajagacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 37 darajagacha ko`tariladi. 12-14 aprelda respublika hududi bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

12-14 aprelda Qoraqalpog`iston Respublikasida;

13-14 aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba`zi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar