Joriy yilning 12 aprel kuni O`zbekiston hududiga quruq va issiq havo kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda O`zgidromet xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 13-14 aprel kunlari respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati +30...+35 darajagacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda +37 darajagacha ko`tariladi.
12-14 aprelda respublika hududi bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi kutilmoqda. 12-14 aprelda Qoraqalpog`istonda, 13-14 aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarining ba`zi joylarida shamol 25-28 m/s.gacha kuchayishi mumkin.






