AsosiyJamiyat

“Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar”

'“Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar”'ning rasmi

Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 58-moddasini barcha xotin-qizlar va ayollarmiz ko`tarinki ruhda kutib olishdi va qo`llab-quvvatlashdi. Unga ko`ra, “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga nafaqat jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, balki boshqa sohalarda ham teng huquq va imkoniyatlarni ta`minlaydi”.

Amaldagi Konstitusiyaning 46-moddasida esa,“Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidir” deb belgilangan edi. Xo`sh, qanday omillar bu moddani yangilashga sabab bo`ldi?

Bu modda o`ta muhim qadam bo`lib, xotin-qizlarga katta ishonch va motivasiya bo`ldi. Keyingi 5-6 yilda jamiyatda ayolga bo`lgan munosabat tubdan o`zgardi. Bu esa o`z navbatida “ayol uyda bola boqishi kerak”, “ayol rahbar bo`la olmaydi”, “qizlarning o`qishi shart emas” kabi turli asossiz stereotiplarga chek qo`yildi.

Gender tenglik masalasidagi tub islohotlarnatijasida O`zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga etib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga etdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o`ringa ko`tarildi.

Bugun ayollarmiz xamma sohalarda faolidir.Masalan, boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga etdi. Bu borada 25 ta qonunchilik hujjati qabul qilindi. Bularning bardavom bo`lishi maqsadida,  2030 yilga qadar yurtimizda gender tenglikka erishish strategiyasi tasdiqlandi. «Ayollar daftari» esa xotin-qizlarning ishonchini qozonib, mummolarini hal qiladigan platforma va mexanizmga aylanib bo`ldi.

Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 58-moddasiayollarga katta imkoniyatlar eshigi ochib beradi. Endi xotin-qizlar o`zi sevgan kasb-kori bilan shug`ullanishi, orzu qilgan hunarini o`rganishi va ilm chuqqilarini egallashga barcha imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilmoqda. Darhaqiqat, ayol hayotidan rozi bo`lib yashasagina, oilasi ham tinch bo`ladi, jamiyatimiz ham rivojlanadi, davlatimizning xalqaro xamjamiyat oldida obru-e`tiborimiz yanada ko`tariladi.

Bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi bo`lib kelmoqda.

Usarova F. Siyosiy fanlar nomzodi, dosent

    Boshqa yangiliklar