Bugun Shavkat Mirziyoev "Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
Qarorda tizimga oid bir qator vazifa hamda qoidalar belgilandi. Jumladan:
- 2 mingdan ortiq ovoz to`plagan, lekin g`olib bo`lmagan 1 309 ta loyiha uchun ham qo`shimcha ravishda 1,3 trln so`m mablag` ajratiladi;
- 2023 yil 1-mavsumda g`olib deb topilgan 2 975 ta loyihaning o`z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi qat`iy nazoratga olinadi. Bunda:
— jihozlash bo`yicha loyihalarni amalga oshirish so`nggi muddati etib joriy yilning iyul oyi;
— qurilish va ta`mirlash ishlari bo`yicha loyihalarni amalga oshirish so`nggi muddati etib avgust oyi belgilanadi;
— tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari doirasida byudjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig`ish bo`yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bunda, majburiy ovoz yig`ishga majburlash tegishli tashkilot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi;
— tashabbusli byudjet jarayonida ovoz to`plash va g`oliblarni aniqlash mexanizmini tanqidiy ko`rib chiqish, jumladan keng jamoatchilik bilan muhokama qilgan holda takliflar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
10.04.2023 19:34
"Tashabbusli byudjet" uchun ovoz yig`ishga majburlash majburiy mehnatga jalb qilish sifatida baholanadi






