AsosiyJamiyat

Urgutdagi "zapravka"da yuk mashinasi yonib ketdi

'Urgutdagi "zapravka"da yuk mashinasi yonib ketdi'ning rasmi

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi gaz quyish shoxobchasi hududida yong`in sodir bo`ldi. Holat bo`yicha FVV quyidagi ma`lumotlarni taqdim etdi. 

Aniqlanishicha, bugun, 10 aprel kuni soat 16:48 da Samarqand viloyati FVBga Urgut tumanida joylashgan “Qorabulok” MFY hududidagi gaz quyish shoxobchasi hududida yong`in sodir bo`lgan. 

 Yonilg`i sig`imi 20 tonna bo`lgan yuk mashinasi yonib ketgan. Zudlik bilan voqea joyiga FVV viloyat boshqarmasining 4 ta yong`in-qutqaruv guruhi etib kelgan. Yong`in soat 17:35 da o`chirilgan. 
"Yong`in o`chirilgandan so`ng, vaziyatni o`rganish davomida ushbu hodisa natijasida bir kishi jarohatlangani ma`lum bo`ldi. U eng yaqin tibbiy muassasaga yotqizildi" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar