AsosiyJamiyat

Rasman: "Tashabbusli byudjet"da g`olib bo`lmagan loyihalarga ham alohida pul ajratiladi

'Rasman: "Tashabbusli byudjet"da g`olib bo`lmagan loyihalarga ham alohida pul ajratiladi'ning rasmi

"Tashabbusli byudjet" jarayonlarining 2023 yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to`plagan, lekin g`olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo`shimcha 1,3 trln. so`m mablag` ajratiladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar bermoqda. 

Bunda, qo`shimcha 1 182 ta mahalla bo`yicha 4,3 mln. nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

Shuningdek, ta`lim, sog`liqni saqlash, sport muassasalarini ta`mirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish  hamda boshqa yo`nalishlar bo`yicha har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to`plagan, lekin g`olib bo`lmagan loyihalar tahlili o`tkazilib, 2024 yil uchun byudjet so`rovida ularni ta`mirlash, jihozlash va xarid qilish xarajatlarini ro`yxatga kiritish ko`zda tutiladi.

Natijada, respublikamizdagi 164 ta maktab, 30 ta bog`cha va 32 ta tibbiyot muassasalarida ta`mirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 304,6 mlrd. so`m qo`shimcha mablag` ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar