Toshkentda favqulodda yuzaga kelgan nosozlik sabab qator hududlarda elektrdan uzilish yuzaga keldi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar qildi.
Jumladan Yunusobod tumanining: «Obod», "Bog`i bo`ston", «Firdavsiy», «Bodomzor», "Mirzo Ulug`bek", «Posira», «TashGRES», "Yangi Tarnov", "Buyuk turon", «Bo`zsuv», "Sayx Shivli", "Otchopar-1 va «Otchopar-2» MFYlari hamda "Toshkent Hayvonot bog`i";
Mirzo Ulug`bek tumanining: «Darxon», "Salar bo`yi", «H.Olimjon», «Mustaqillik», «Oqqo`rg`on» hamda "Qori Niyozov" MFYlari hududlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi 110/35/10 kV bo`lgan «Astronomicheskaya», «Ikarus», «Karamurskaya», «Savdo» hamda «Botanika» podstansiyalarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi TashGRESdan chiquvchi kuchlanishi 110 kV bo`lgan havo elektr uzatish tarmog`ida favqulodda avariya holatida elektr ta`minotida uzilish sodir bo`ldi.
Ayni vaqtda, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filialining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.
Tez orada mazkur nosozlik to`liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi etkazib berilishi to`liq tiklanadi.
"Yuzaga kelgan favqulodda avariyali uzilish vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz", - deyiladi xabarda.






