Joriy yilning birinchi choragida “103” xizmatiga jami 893 ta yolg`on chaqiriq kelib tushgan. Shundan eng ko`p ko`rsatkich Toshkent viloyatida qayd etildi — 189 ta. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, keyingi o`rindan 154 ta chaqiriq bilan Farg`ona viloyati joy oldi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidan 114 ta, Toshkent shahridan 96 ta hamda Navoiy viloyatidan 84 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.
Eng kam yolg`on chaqiriq esa o`tgan uch oyda Samarqand viloyatida ro`yxatga olindi — 2 ta.
— Ba`zan “103”ga qo`ng`iroq qilib, bemorni boshqa mashinada kasalxonaga olib ketish holatlari 🥹uchraydi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filiali direktori Ilhom Aslanov. — Bundan tashqari, chaqiruv manzilini noto`g`ri berish, ustiga-ustak, “Tez yordam” etib borganida, eshikni ochmaslik, telefon qo`ng`iroqlariga javob bermaslik kabi noxush vaziyatlar ham takrorlanib turadi.
Yoki “103”ga murojaat qilib, tibbiyot brigadasi aytilgan manzilga endi etib kelganida, chaqiriqni rad etish holatlariga ham guvohmiz.
“103”ga murojaat qilib, tibbiyot brigadasi aytilgan manzilga endi etib kelganida, chaqiriqni rad etish holatlari ham bor






