Andijon viloyati Izboskan tumani hokimining investisiya sanoat va savdo yo`nalishi bo`yicha o`rinbosari jinoyat ustida qo`lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha hokim o`rinbosari himoya hududidagi er maydonini amaldagi tartibni buzgan holda sotib olib berishni evaziga 5,3 mln. so`m olgan vaqtida ushlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.






