AsosiyJamiyat

Erdo`g`on va`da qilgan avtomobilni Mirziyoevga yubordi

'Erdo`g`on va`da qilgan avtomobilni Mirziyoevga yubordi'ning rasmi

Avvalroq, Turkiyada yangi Togg T10X elektromobili ishlab chiqarilgani va uning birinchi egasi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on bo`lgani haqida xabar bergan edik.

Erdo`g`on mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektromobillardan birini Mirziyoevga sovg`a qilishi haqida gapirgandi.

"Zamon.uz"ning yozishicha, Turkiya prezidenti ushbu sovg`ani Mirziyoyevga yuborganini ma`lum qilgan.

“Togg allaqachon mamlakat yo`llarida. Ulardan biri mening birodarim, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievga berildi. Shunday mashinalardan birini boshqa birodarim O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevga jo`natyapmiz”, — degan u.

Erdo`g`on yil davomida shunday mashinalardan 20 ming dona ishlab chiqarish rejalashtirilganini qo`shimcha qildi.

Eslatib o`tamiz, kuni kecha Turkiya Prezidentining sovg`asini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev qabul qilib olgandi.

    Boshqa yangiliklar