8 aprel kuni tunda Murodjon Ahmadaliev filippinlik Markos Tapalesga qarshi jang o`tkazdi.
Jang 12 raund davom etdi. Dastlabki uch raundda Murodjon juda sust harakat qildi. 4-raundni o`z foydasiga hal qildi. 5-raundda Tapales, keyingi ikki raundda Murodjon faol bo`ldi.
8-raundda teng kurash kechgan bo`lsa, 9 va 10-raund Ahmadalievning ustunligi ostida o`tdi. 11-raundda bokschilar zarbalar almashdi. 12-raund esa to`liq Murodjonning foydasiga hal bo`ldi.
Yakunda hakamlarning ikkitasi Tapales g`alabasini qayd etdi va Ahmadaliev WBA hamda IBF kamarlarini boy berdi.






