AsosiyJamiyat

Andijonda yo`l chetida to`xtab turgan “Nexia” yonib ketdi (video)

'Andijonda yo`l chetida to`xtab turgan “Nexia” yonib ketdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon viloyati Baliqchi tumani Chinobodda Neksiya yonib ketdi” sarlavhali videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB batafsil ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat bugun, 9.aprel kuni soat 16:10 lar atrofida Baliqchi tumani, Chinobod shaharchasi, Omonariq MFY, Omonariq ko`chasida sodir bo`lgan.

Baliqchi tumani, O`lmas MFYda yashovchi fuqaro J.T “Nexia-1” rusumli avtomashinasini Chinobod shahrida yo`l chetiga to`xtatib, ovqatlanish shoxobchasiga kirib ketgan. Shu vaqtda, avtomashinaning dvigatel qismidagi elektr uzatgichlarida qisqa tutashuv kelib chiqishi oqibatida avtomobilning oldi qismida yong`in sodir bo`lgan.

Mazkur yong`in FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Buning oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.

Hozirda Baliqchi tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar