Germaniya fevral oyida Turkiya va Suriyada sodir bo`lgan kuchli zilzilalardan jabr ko`rgan 9 mingga yaqin odamni qabul qildi, deya xabar beradi TASS agentligi.
«Turkiya va Suriyadagi dahshatli zilzila qurbonlarining ko`pchiligining Germaniyada qarindoshlari bor. Biz juda tez harakat qildik va insonparvarlik yordamini ko`rsatdik hamda bu ularning Germaniyada 90 kun davomida vaqtincha qolish imkoniyatini ham o`z ichiga oladi«», – dedi Germaniya Ichki ishlar vaziri Nensi Fezer Funke media guruhiga bergan intervyusida.
«Hozirgacha shu maqsadda 7652 ta (vaqtinchalik qabul qilish) vizasi berilgan. Ularning 6500 dan ortig`i asosan Turkiyadagi zilzila zonasi aholisi uchun mo`ljallangan», – dedi vazir. Bundan tashqari, uning so`zlariga ko`ra, oilalarni birlashtirish uchun 1000 dan ortiq vizalar berilgan, ular zilziladan jabr ko`rgan suriyaliklarga ham beriladi.
10.04.2023 08:27
Germaniya Turkiya va Suriyadagi zilzilalardan jabr ko`rgan 9 mingga yaqin odamni qabul qildi






