- Tongni shukronalik bilan boshlang! Saharda qilingan yaxshi niyatlar va pokiza istaklarning amalga oshishi ayni haqiqat!
- Har bir ishingizni rejalashtiring. Shunda kutilmagan muammolardan xoli bo`lasiz.
- Maqsad sari olg`a intiling. Kichik omadsizliklar katta g`alabalarga etaklaydi!
- Kechirimli bo`ling! Avvalo o`zingizni, o`tmishingizni avf eting. Do`stlaringiz va dushmanlaringizni ham kechiring! Zero hech birimiz xatolardan xoli emasmiz!
- Hadeb noliydigan insonlar bilan hamsuhbat bo`lmang! Agar shunday davraga tushib qolsangiz, «Men bunday bo`lmasligim kerak» degan fikrni mahkam tuting.
- Orzungizdan voz kechmang! Hatto amalga oshishiga ko`zingiz etmasa ham... Bittagina orzusi bo`lgan insonning ham yashashdan maqsadi bo`ladi.
- Hayot eng yaxshi muallim. Atrofingizdagilar hayotidan ibrat oling, fikrlang. Ammo turmushingizni boshqalarniki bilan taqqoslamang.
- Tanlagan sohangizda zavq bilan ishlang. Bordiyu shunday bo`lmasa, boshqa kasb tanlashga har doim ulgurasiz.
- Daromadingizning ma`lum qismini hayriya ishlariga yo`naltiring. Savobning ajri katta.
- Har qanday vaziyatda ham hissiyotlarni nazorat qiling.
- Omadsizlikdan ham minnatdor bo`lishni o`rganing. Axir uni deb omad sari eltuvchi tajribaga ega bo`lasiz-ku!
- Kichik ijobiy o`zgarishlar oxir-oqibat katta natijalarga olib boradi, unutmang.
- Odamlar bilan ko`rishganda xushmuomala bo`ling. Chindan irodasi kuchli insongina kimgadir xayrihox bo`lishi mumkin.
- Atrofingizdagilar uchun «lift» bo`ling. Ular siz bilan birga yanada yuqori ko`tarilishadi.
- Tanqidga xolis bo`ling. Balki sizga ko`rinmagani boshqalarning ko`ziga tashlanayotgandir.
05.10.2016 04:20





