AsosiyJamiyat

O`zbekistonning uch hududida gaz va svetdan noqonuniy foydalanganlar davlatga qariyb 352 mln so`m zarar etkazdi

'O`zbekistonning uch hududida  gaz va svetdan noqonuniy foydalanganlar davlatga qariyb 352 mln so`m zarar etkazdi'ning rasmi

O`zbekistonning uch viloyatida: Qashqadaryo, Buxoro, Samarqandda gaz va svetdan noqonuniy foydalanganlar qariyb 352 million so`m zarar etkazdi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko`ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qarshi shahar bo`limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Q.C.” MChJ rahbari M.O. va boshqalar “N.” MFYdagi ko`p qavatli uyga o`rnatilgan suv nasoslari va boshqa jihozlarni hech qanday hujjatsiz tarmoqqa ulab, 454,3 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan. 

Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, Beruniy ko`chasidagi xonadonda yashovchi N.Yu. uyi erto`lasida 4 ta to`plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulab, 63,5 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan. 

Shu kabi, departamentning Oqdaryo, Past Darg`om va Urgut tuman bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, Oqdaryo tumanidagi “A.S.” MChJga qarashli oshxonada korxona ish yurituvchisi gaz plita va isitish qozonini gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulagani, Past Darg`om tumanidagi qurilish ishlarini olib borayotgan “Q.S.” MChJ hamda Urgut tumanidagi “U.K.” MChJ tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan.  

Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 351,9 million so`m zarar etkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar