Bu haqda Huquqiy axborot xabar bermoqda.
Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:
- ko`chmas mulk ob`ekti bo`yicha birlamchi kadastr yig`majildi (pasporti) mavjud bo`lib, begonalashtirilganda yoki ob`ektda o`zgarishlar (rekonstruksiya, qo`shimcha va alohida qurilish) mavjud bo`lmaganda;
- ko`chmas mulk ob`ektining bir qismi begonalashtirilganda ob`ektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o`zgarganda;
- kadastr yig`majildi (pasporti) yo`qolganda (yaroqsiz holga kelganda).
Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.






