Ijtimoiy tarmoqlarda eshakning ikki qulog`i kesilgan holati aks etgan video tarkaldi. Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB rasmiy izoh berdi.
Ma`lum qilinishicha, voqea joriy yilning 6 aprel kuni soat 16:00da Buxoro viloyati Peshku tumanida sodir bo`lgan. Mazkur tumanda yashovchi 1985 yilda tug`ilgan fuqaro U.A. qo`shnisi fuqaro J.X. ga tegishli eshakni tomorqa eriga zarar etkazganligi bahonasida ikki qulog`ini kesgan. Oradan vaqt o`tib, jonivor ko`p qon yo`qotishi natijasida o`lgan.
Hozirda fuqaro U.A. ga nisbatan MJtKning 111-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik bo`yicha to`plangan hujjatlar ma`muriy tartibda chora ko`rish uchun JIB Peshku tumani sudiga yuborilgan.






