AsosiySiyosat

O`zbekiston Prezidenti Matvienko bilan telefon orqali muloqotda bo`ldi

'O`zbekiston Prezidenti Matvienko bilan telefon orqali muloqotda bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 7 aprel kuni Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisi Valentina Matvienko bilan o`tkazgan telefon orqali muloqotda faol parlamentlararo almashinuvlarni davom ettirish va oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda ishtirok etishning ahamiyati qayd etildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Valentina Matvienkoni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog`lik va baxt-saodat tiladi.

Ikki mamlakat parlamentlari o`rtasidagi, shu jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi sermahsul hamkorlik jadallashib borayotgani, O`zbekiston-Rossiya do`stlik va keng ko`lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani mamnuniyat bilan ta`kidlandi.

Shavkat Mirziyoev Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlik samarali kechayotganini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar