AsosiyJamiyat

8-11 aprel kunlari kuchli yomg`ir va sel kelish xavfi bo`lgan hududlar e`lon qilindi

'8-11 aprel kunlari kuchli yomg`ir va sel kelish xavfi bo`lgan hududlar e`lon qilindi'ning rasmi

"O`zgidromet"  markazi 8-11 aprel kunlari kuchli yomg`ir va sel kelish xavfi bo`lgan hududlarni e`lon qildi.

Quyidagi hududlarda kuchli yomg`irlar yog`ishi sababli sel kelish xavfi mavjud:

  • Qashqadaryo v. – Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor t.;

 

  • Surxondaryo v.– Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrabot t.;

 

  • Samarqand v.–Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Payariq, Jomboy, Ishtixon t.;

 

  • Navoiy v.– Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana t.;

 

  • Jizzax v.– Zomin, Baxmal, G`allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod t.;

 

  • Toshkent v.– Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari, Angren, Olmaliq shaharlari;

 

  • Namangan v.– Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on t.;

 

  • Farg`ona v.– So`x, Shohimardon, Farg`ona, Beshariq t.;

 

  • Andijon v.– Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlari, Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar