AsosiyJamiyat

Sirdaryo viloyatining yangi hokimi tasdiqlandi

'Sirdaryo viloyatining yangi hokimi tasdiqlandi'ning rasmi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi sessiyasida tashkiliy masala ham ko`rib chiqildi.  

Prezident Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Akmal Azimjonovich Maxmudaliev nomzodini tavsiya etdi.

Nomzod hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha rejalarini taqdimot qilgach, viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qo`yildi. Ovoz berish natijalariga ko`ra, Akmal Mahmudaliev viloyat hokimi etib tasdiqlandi.  

Yig`ilish davomida viloyatni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tumanlar hokimlarining rejalari tinglandi.

    Boshqa yangiliklar