AsosiyJamiyat

Sirdaryo - Qozog`iston, Tojikiston, Xitoy va Afg`oniston bilan bog`laydigan yirik logistika xabiga aylantiriladi

'Sirdaryo - Qozog`iston, Tojikiston, Xitoy va Afg`oniston bilan bog`laydigan yirik logistika xabiga aylantiriladi'ning rasmi

Davlat rahbari Sirdaryo aholisi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 5 ta yangi tashabbusni ilgari surdi. To`rtinchi tashabbusga ko`ra, Sirdaryo mamlakatimizni Qozog`iston, Tojikiston, Xitoy va Afg`oniston bilan bog`laydigan yirik logistika xabiga aylantiriladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Buning uchun xitoylik investorlar bilan hamkorlikda respublikaning sharqiy va markaziy qismlarini hamda chet el yo`nalishlariga bog`laydigan yangi transport marshrutlari va multimodal logistika markazi quriladi.

Bulardan tashqari, yo`llarni qurish, ta`mirlash va boshqarishga xususiy sektorni jalb qilish ham Sirdaryodan boshlanishi qayd etildi.

Ma`lumki, davlat tibbiy sug`urtasi, tibbiyotni raqamlashtirish kabi islohotlar Sirdaryo viloyatidan boshlangan edi. Yurtimizdagi ilk tibbiyot klasteri ham shu erda barpo etilayapti. Qo`shni Qozog`iston va Tojikistondan har oyda 1,5 ming bemor davolanish uchun Guliston shahriga kelmoqda.

Shu bois, beshinchi tashabbus doirasida Guliston shahri mamlakatimizning “Innovasion medisina xabi”ga aylantiriladi.  

Davlatimiz rahbari barcha tashabbuslar bo`yicha mutasaddilarga ko`rsatmalar berdi.

    Boshqa yangiliklar