AsosiyJamiyat

Prezident Sirdaryo aholisi farovonligini oshirishga qaratilgan 5 ta yangi tashabbusni ilgari surdi

'Prezident Sirdaryo aholisi farovonligini oshirishga qaratilgan 5 ta yangi tashabbusni ilgari surdi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti  Shavkat Mirziyoev Sirdaryoda xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 5 ta yangi tashabbusni ilgari surdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Birinchidan, Ilg`or innovasiyalar hududida biofarmasevtika, qurilish materiallari, qishloq xo`jaligi, oziq-ovqat, elektrotexnika, tibbiyot, ta`lim sohalarining 20 ta yo`nalishidagi loyihalariga alohida imtiyozlar rejimi joriy qilinadi:

- er, mol-mulk, foyda va aylanma uchun soliqlar hamda bojxona bojlaridan 3 yilgacha ozod qilinadi;  

- er uchastkalari soddalashgan tartibda ajratiladi, er va binolarni sotib olishda 5 yilgacha bo`lib to`lashga ruxsat beriladi;  

- foiz to`lovlarini qoplab berish stavkasi 2 baravar oshiriladi.

Shuningdek, Sirdaryoda 500 million dollarlik investisiya hisobiga O`zbekiston-Xitoy biotexnologiyalar klasteri barpo etiladi. Bu klasterda Xitoyning etakchi oliygohlari bilan birga Gulistonda xalqaro ta`lim va tadqiqot universiteti, Innovasion tibbiyot klinikasi, Markaziy Osiyo genom markazi,  onkologik kasalliklarni davolash uchun Hujayra terapiyasi markazi tashkil qilinadi.  

Shuningdek, klaster tomonidan zamonaviy diagnostika qurilmalari, innovasion vaksinalar, probiotiklar va onkologik kasalliklar uchun dori vositalari ishlab chiqariladi. 10 ming talaba uchun o`quv binolari, zamonaviy kampus, laboratoriyalar, muhandislar maktabi tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar