AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari qaerda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi

'Dam olish kunlari qaerda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

"O`zgidromet" O`zbekistonda 7-9 aprel kunlari kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Qayd etilishicha, ertaga kechasi va ertalab Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi.

Yakshanba kuni faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomg`ir yog`adi.

Dam olish kunlari harorat kechalari 7-12 daraja, kunduz kunlari 22-27 darajani tashkil etadi.

7-9 aprelda respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, 7 aprelda ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Baland tog`larda (2000 m dan yuqori) yomg`ir qorga aylanishi mumkin.

Poytaxtda: bugun vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi, do`l yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-18 daraja bo`ladi.

Shanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Yakshanba kuni yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar