Bugun, 7 aprel kuni Buxoroning Olot tumanida chang bo`ronlari kuzatilayotgani aytildi. Bu haqda O`zgidromet etakchi mutaxassisi, iqlimshunos olim Erkin Abdulahadov xabar berdi.
“Buxoroning Olot tumanida istiqomat qiluvchi kuzatuvchilarimiz havoni chang qoplab olgani aks etgan tasvirlar jo`natishmoqda” deb yozadi mutaxassis.
Ma`lum qilinishicha, hududlarda havoda mayda chang zarrachalari tufayli, ko`rinish masofasi 600-700 metrgacha cheklangan.






