AsosiyJamiyat

O`zbekiston Rossiyadagi fuqarolarini ogohlantirdi

'O`zbekiston Rossiyadagi fuqarolarini ogohlantirdi'ning rasmi

Bugun, 6 aprel kuni Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Rossiya Federasiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi.

Agentlik fuqarolardan Rossiya va Ukraina o`rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi da`vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so`ragan.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o`xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar