AsosiyJamiyat

Chiroqchigi qishloqda oralab yurgan ayiqning o`ldirilgani bo`yicha ma`lumotlar ochiqlandi

'Chiroqchigi qishloqda oralab yurgan ayiqning o`ldirilgani bo`yicha ma`lumotlar ochiqlandi'ning rasmi

Xabaringiz bor kecha, 5 aprel kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Yashnobod mahallasi hududiga O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan qo`ng`ir ayiq qishloqda oralab yurgan edi. 

Shu kuni taxminan soat 23:00 larda ayiq Qumdaryoga yaqin joydagi jarlikda hosil bo`lgan g`or ichiga kirib olgan. Birozdan so`ng bu erda mahalliy aholi to`plangan. Mahalliy hokimlik vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan o`z vaqtida tegishli chora-tadbirlar ko`rilmaganligi bois ayiq bezovtalanib, jarlikdan tepaga chiqishga uringan. Chiroqchi tumani IIB boshlig`i A. B. atrofga yig`ilgan aholi xavfsizligini ta`minlash maqsadida ovchi D.A. ga ayiqqa o`q uzishga ko`rsatma bergan. Natijada ayiqning joni uzilgan

Toshkent hayvonot bog`i vakillari hodisa joyiga etib borganida ayiq nobud bo`lgan edi. 

Mazkur holat o`rganilishi davom etmoqda. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi ma`lum qilmoqda.

"Mas`uliyasizlikka yo`l qo`ygan va buning oqibatida qo`ng`ir ayiqning o`limiga sabab bo`lgan mas`ullarga nisbatan tegishli tartibda intizomiy jazo choralari ko`riladi.

Ta`kidlash joizki, ayiqning terisi shilib olingani haqidagi foto va xabar haqiqatga zid. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratning Chiroqchi tumanidagi voqeaga aloqasi yo`q. Ayni damda ushbu holat yuzasidan ham o`rganish ishlari olib borilmoqda" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar