AsosiyJamiyat

Chiroqchidagi qishloqda paydo bo`lgan yovvoyi ayiq otib o`ldirilgan (video)

'Chiroqchidagi qishloqda paydo bo`lgan yovvoyi ayiq otib o`ldirilgan (video)'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi qishloqda paydo bo`lgan yovvoyi ayiq otib o`ldirilgani aks etgan videotasvirlar tarqaldi.

ekologuz` kanalining ma`lum qilishicha, "Qizil Kitob"ga kiritilgan qo`ng`ir ayiq Chiroqchi tumani hokimining buyrug`i bilan otib o`ldirildi. 

Xabar berishlaricha, barcha telefonlardan uning o`ldirilishi videosi o`chirtirilgan.

Eko faollar bunda yo`qolib borayotgan jonivorlarni uxlatib, qaytib toqqa chiqarib yubora olmay, uning o`limiga sabab bo`lgan Tabiat resurslari vazirligini ayblashmoqda. 

 "Muammo tug`ilsa, jonivorni o`ldirib, muammoni hal qilish O`zbekistonda odatiy holat.  2021 yilda rus ovchisi V.Shirokov tomonidan O`zbekiston hududida xuddi shunday Qizil Kitobga kiritilgan qo`ng`ir ayiq o`ldirilganda, hammaning g`azabi qo`zg`ab, uni lan`atlagan edik.  Endi hokimni la`natlaymizmi, yoki uning “qahramonligini” ko`klarga ko`tarib, ketiga paxta qo`yamizmi?", - deyiladi ekofaollar munosabatida.

 

    Boshqa yangiliklar