Avval xabar berilganidek, Oliy Majlis Senati ayollar va bolalarni zo`ravonlikdan himoya qilish haqidagi qonunni qabul qildi.
Qonun bilan quyidagi jinoyatlar uchun jazo choralari og`irlashtirilmoqda:
Ayolni o`z homilasini sun`iy ravishda tushirishga majburlash (115-modda);
- taklif: 60 mln so`mgacha jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari
yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- amalda: 15 mln so`mgacha jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari)
Nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirish (118, 119-moddalar);
- taklif: 1-qismi 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2-qismi 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;
- amalda: 1-qismi 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2-qismi 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish).
Shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish (121-modda);
- taklif: 1-qismi 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish; 2-qismi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish, og`irlashtiruvchi holatlarda 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosi.
- amalda: 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari)
16 yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish (128-modda);
- taklif: 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish. Og`irlashtiruvchi holatlarda – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
- amalda: 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud ozodlikdan mahrum qilish)
16 yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish (129-modda);
- taklif: 1-qismi 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish; 2-qismi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish. Agar o`sha harakatlar zo`rlik ishlatib yoki qo`rqitib sodir etilgan bo`lsa – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
- amalda: 1-qismi 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari; 2-qismi 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari)
Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish (130-modda);
(taklif: 3-qism (voyaga etmagan shaxsga nisbatan sodir etish)
- taklif:5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;
- amalda: 3-qism (voyaga etmagan shaxsga nisbatan sodir etish) 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.






