AsosiyJamiyat

Samarqandda elektr ta`minoti korxonasi muhandisi pora bilan ushlandi

'Samarqandda elektr ta`minoti korxonasi muhandisi pora bilan ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB korrupsiyaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahrida elektr ta`minoti qarzdorligini yo`q qilib berishni va`da qilgan muhandis ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Samarqand shahar elektr ta`minoti korxonasi muhandisi S.B. fuqaro A.Ch.ning xonadonidagi elektr energiyasiga noqonuniy ulanganligi holati bo`yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik hamda mavjud qarzdorligini yo`q qilib berish evaziga 4 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar