AsosiySport

UEFAning yillik daromadi ochiqlandi

'UEFAning yillik daromadi ochiqlandi'ning rasmi

UEFAning moliyaviy direktori Yozef Koller taqdim etgan hisobotga ko`ra, tashkilotning o`tgan mavsumdagi daromadi 4 milliard evrodan oshdi.

2021/22 yilgi mavsumdagi daromad 4,052 milliard evroni tashkil etdi, bu o`tgan yilga nisbatan 1,673 milliard evroga kam, ammo 2019/20 yilgi mavsumdan 1,014 milliard evroga ko`p.

Shu bilan birga, UEFA shafeligidagi klub musobaqalaridan tushgan daromad 3,614 milliard evroni tashkil etdi.

Bu mablag` o`tgan mavsumga (3,156 milliard evro) nisbatan 15 foizga ko`pdir. Xalqaro musobaqalarga kelsak, UEFAning 2018-2022 yilgi davrdagi daromadi 2014-2018 yillardagidan deyarli ikki baravarga ko`p (1,911 milliard evroga nisbatan 1,033 milliard evro).

UEFA balansi 3,2 milliard evrodan 2,7 milliard evroga qisqardi, tashkilot zaxiralari esa 523 million evrodan 447 million evrogacha qisqardi.

Hisobotda 2021/22 yilgi mavsumda koronavirus pandemiyasining Evropa futboliga ta`siri ta`kidlangan.

    Boshqa yangiliklar