AsosiyJamiyat

BAA Nukusda 28 million dollarlik shifoxona quryapti

'BAA Nukusda 28 million dollarlik shifoxona quryapti'ning rasmi

Joriy yil 4 aprel kuni O`zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlari bilan Qoraqalpog`istonga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.

Diplomatik korpus vakillari tashrif doirasida Nukus shahrida ham bo`lib, shahardagi eng yirik loyihalardan biri – BAAning 28 million dollarlik granti yordamida amalga oshirilayotgan Ona va bola shifoxonasida ham bo`ldilar.

«Bu erda shifoxona haqida ma`lumot oldik. Shifoxona, jumladan perinatal markaz 2023 yil sentyabr oyida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda», – deydi vazir.  

Eslatib o`tamiz, diplomatlar, jumladan Mo`ynoqda ham bo`lishib, u erda Orolbo`yida atrof-muhitni tiklash va barqaror rivojlanishni ta`minlash borasida O`zbekiston Hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan sa`y-harakatlar bilan tanishganlar.

    Boshqa yangiliklar