Energetika vazirligi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, o`tkazilgan tadbirlar davomida joriy yil mart oyida 559 ta holatda ulgurji iste`molchilar tomonidan 79 mln kub metr (76,3 mlrd so`m) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.
Gazdan noqonuniy foydalanish holatlari asosan:
— Buxoro viloyatida 24,3 mln kub metrni (24,2 mlrd so`m);
— Farg`ona viloyatida 19,3 mln kub metrni (19,3 mlrd so`m);
— Jizzax viloyatida 9,9 mln kub metrni (10 mlrd so`m);
— Samarqand viloyatida 10,1 mln kub metrni (8,5 mlrd so`m);
— Toshkent shahrida 7,1 mln kub metrni (7,1 mlrd so`m) tashkil etgan.
Noqonuniy foydalanish holatlari iste`molchilar toifasi bo`yicha:
— AGTKShlarda 22 ta holatda (41,7 mlrd so`m);
— issiqxonalarda 17 ta holatda (1,1 mlrd so`m);
— boshqa ishlab chiqarish korxonalarida (asfalt, ohak, gips, chinni mahsulotlari, non mahsulotlari) 90 ta holatda (24,9 mlrd so`m);
— umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 54 ta (1 mlrd so`m) holatlar aniqlangan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.






