AsosiyJamiyat

#Ramazon-2023. Ro`zador ovqatni juda xohlab ko`p o`ylasa ro`zasi buziladimi?

'#Ramazon-2023. Ro`zador ovqatni juda xohlab ko`p o`ylasa ro`zasi buziladimi?'ning rasmi

Kishi ro`za holida taomni juda ko`p xohlab o`ylasa karohiyati bormi?

JAVOB: 

- Agar ro`zador odamning xayoliga beixtiyor tarzda turli taomlar haqida o`ylar kelsa buning zarari yo`q. Ammo ro`zador odam ataylab, qasdan turli taomlarni ko`nglidan o`tkazishi va ro`zador bo`lmaganimda edi degan fikrda bo`lishi karohiyatdan xoli emas. Qolaversa, bu ro`zadan malollanish hisoblanadi. Imom Abu Hanifa rahimahulloh ro`zador odam ho`llangan matoga o`ranishini makruh sanaganlar. Sababi, bu xuddi ro`zadan malollanishga o`xshash ekanini aytganlar. Vallohu a`lam.

O`zbekiston musulmonlari idorasi

Fatvo hay`ati.

 

    Boshqa yangiliklar