”Makro” supermarketlar tarmog`i #InsonQadriUchun aksiyasiga qo`shilib, uning doirasida yuzlab import qilingan tovarlar narxini pasaytirishi haqida e`lon qildi.
Bunday ijobiy yangiliklar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning import bojxona bojining nol stavkalari belgilash bo`yicha tashabbusi tufayli amalga oshishi mumkin bo`ldi.
23 mart kuni ”Iste`mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta`minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta`sirchanligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e`lon qilindi. Mazkur hujjatga binoan bir vaqtning o`zida 36 tovar guruhiga nisbatan - bu esa 1000dan ortiq nomdagi mahsulotlar demakdir - bojxona bojining nol stavkasi qo`llaniladi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu tovarlar ancha arzonlashadi.
Un, sut mahsulotlari, baliq, sariyog`, bananlar, qahva, choy, o`simlik yog`i, xamirturush va ko`pgina boshqa ommabop import tovarlari ushbu ro`yxatdan o`rin olgan.
”Supermarketlarimizda narxlarni pasaytirish masalasini ustida ishlashga jiddiy yondashib, auditni o`tkazdik va xattoki narx ko`rsatkichlarni o`zgartirdik. Makro do`konlariga kirib, xaridorlar ayni paytda narx ko`rsatkichlari maxsus tarzda pasaytirilgan ko`pgina tovarlarni ko`rishlari mumkin. Javonlarda qo`yilgan mahsulotlar xilma-xilligida osonlikcha yo`l topishlari uchun biz ”Adolatli Narxlar” deb nomlangan maxsus katalogini chop etdik. Unda bojxona bojining nol stavkasi qo`llanganligi tufayli arzonlashgan barcha tovarlar to`plangan. Ijobiy o`zgarishlar va Prezidentning tashabbuslari tufayli xaridorlarimizga ya`ni butun O`zbekiston aholisi va mamlakatimiz mehmonlariga kerakli bo`lgan tovarlarni hamyonbop narxlarda taqdim etishimiz mumkin. Va bunday o`zgarishlar endi-endi boshlanmoqda”, - deya izoh berdi Makro supermarketlar tarmog`ining Boshqaruvchi direktori Dmitriy Bova.
“Adolatli narxlar” katalogidagi mahsulotlar ro`yxatini bu erda topishingiz mumkin.






