AsosiyJamiyat

1 maydan boshlab rasmiy daromadi etarli bo`lmagan aholiga ham ipoteka krediti olish imkoni yaratiladi

'1 maydan boshlab rasmiy daromadi etarli bo`lmagan aholiga ham ipoteka krediti olish imkoni yaratiladi'ning rasmi

2023 yilgi ipoteka dasturi muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilishda Davlatimiz rahbari qurilish hajmlarini o`z vaqtida ta`minlash har bir viloyat iqtisodiy ko`rsatkichlarining o`sishiga katta turtki berishini ta`kidladi. Shu bois, aholi va quruvchilar uchun yangi engillik va imkoniyatlar yaratiladi.

Jumladan, ipoteka krediti va subsidiya bilan ko`proq aholi qamrab olinadi:

  •  1 maydan boshlab rasmiy daromadi etarli bo`lmagan aholiga ham ipoteka krediti olish imkoni yaratiladi. Bunda ularning to`lov qobiliyatini aniqlashda bank kartasidagi aylanma, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarga to`langan pullari ham hisobga olinadi;

 

  •  dastlabki badalni ko`proq to`lagan fuqarolar bankdan arzonroq kredit olish imkoniyatiga ega bo`ladi;

 

  •  subsidiyaga ajratilgan mablag`larni tezroq ishlatish uchun subsidiya xabarnomasining amal qilish muddati 12 oydan 4 oyga tushiriladi. Ya`ni, bu muddat qisqartirilishi orqali subsidiyadan ko`proq aholi foydalanishi uchun imkoniyat yaratilayapti.

 

Shu bilan birga, 4 oy davomida sertifikatidan foydalanmagan fuqarolarga subsidiya olish uchun yana qayta murojaat qilish huquqi beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar