AsosiyJamiyat

Zelenskiy Polshaga bordi

'Zelenskiy Polshaga bordi'ning rasmi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rasmiy tashrif bilan Polshaga borishi haqida xabar bergan edik. 

Bugun 5 aprel kuni Zelenskiy Polshaga bordi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma`lum qildi.

“Ukraina Prezidenti va Birinchi xonimning Polshaga rasmiy tashrifi boshlandi. Vladimir Zelenskiyning tashrifi dasturiga Prezident Anjey Duda, Bosh vazir Mateush Moraveskiy bilan muzokaralar, ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kiritilgan”, deb yozgan u.

Nikiforovning ta`kidlashicha, Zelenskiy Ukraina-Polsha biznes-forumi doirasida Polsha biznesi vakillari va Ukraina bilan chegaradosh shaharlar merlari bilan ham uchrashadi. Bundan tashqari, polyaklar va ukrainaliklarga murojaat bilan chiqishi ham kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar