2023 yilning fevral oyida jahon markaziy banklari 51,7 tonna oltin sotib olgan. Bu haqda Jahon Oltin Kengashi xabar bermoqda.
Fevral oyida oltin sotib olgan asosiy xaridorlar qatoridan O`zbekiston ham joy oldi. Mamlakat ushbu oy davomida 8,1 tonna oltin sotib olgan.
Eng yirik xaridlarni Xitoy va Turkiya amalga oshirgan — mos ravishda 24,9 tonna va 22,5 tonna.
Shuningdek, Singapur (6,8 tonna) va Hindiston (2,8 tonna) ham oltin zaxiralarini yaxshigina oshirdi.
Fevral oyida eng ko`p oltin sotgan mamlakat Qozog`iston bo`ldi. Qozog`iston Markaziy banki oy davomida 13,1 tonna oltin sotdi.
Jahon markaziy banklaridagi oltin zaxiralari ketma-ket o`n birinchi oy o`sib bormoqda.






