AsosiyJamiyat

Poytaxtda qurilayotgan, go`yoki ustunlari qiyshiq bo`lgan bino bo`yicha Qurilish vazirligi izoh berdi (video)

'Poytaxtda qurilayotgan, go`yoki ustunlari qiyshiq bo`lgan bino bo`yicha Qurilish vazirligi izoh berdi (video)'ning rasmi

Toshkent shahar Xalqlar do`stligi san`at saroyi yaqinida qurilayotgan binoning tepa qismi qiyshiq qurilayotgani aytilgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu video yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

«Ushbu ob`ekt zamonaviy arxitektura namunasi sifatida o`ziga xos dizayn asosida loyihalashtirilgan bo`lib, bu bino konstruktiv elementlarida kamchiliklar borligini anglatmaydi. Qurilish ishlari belgilangan talab va me`yorlar asosida amalga oshirilmoqda», — deyiladi vazirlik munosabatida.

Xususan:

• tasdiqlangan loyiha hujjatlarining KJ (temir-beton konstruksiyalar) bo`limining echimlariga asosan 23-qavatdan 26-qavatgacha K-4 va K-5 quyma temir-beton ustunlar egilgan holda loyihalashtirilgan hamda bu qurilish me`yorlari va qoidalariga asosan bajarilgan;

• ishchi loyiha hujjatlari «MB STUDIO» MChJ tomonidan ishlab chiqilganidan so`ng «Zilzilabardosh qurilishning ilmiy-tadqiqot va loyiha markazi antiseismic» MChJ tomonidan ushbu hudud seysmikasiga yondashgan holda tekshirilgan va 2021 yil 16 martda bu borada ham ijobiy xulosa olingan.

    Boshqa yangiliklar