AsosiyJamiyat

IIV xodimini o`ldirgan 3 shaxsga sud hukmi o`qildi

'IIV xodimini o`ldirgan 3 shaxsga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

2022 yilning 29 sentyabr kuni O`zbekiston Ichki ishlar vazirligi boshqarmasining tezkor xodimi o`zaro kelishmovchilik oqibatida bir guruh shaxslar tomonidan o`ldirilgan. Qotillikdan keyin jasad yoqib yuborilib, so`ng Chirchiq daryosiga tashlangan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudi uch nafar shaxsga nisbatan hukm chiqardi.

JKning 28, 97-moddasi (qasddan odam o`ldirishda ishtirokchilik) 2-qismi «p» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 1987 yilda tug`ilgan sudlanuvchi 23 yil;

JKning 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) 2-qismi «i,p» bandlari, 164-moddasi (bosqinchilik) 4-qismi «a» bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 1986 yilda tug`ilgan sudlanuvchi 24 yil;

JKning 97-moddasi 2-qismi «i,p» bandlari va 164-moddasi 4-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 1984 yilda tug`ilgan sudlanuvchi 24 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi va o`ta xavfli residivist deb topildi.

    Boshqa yangiliklar