AsosiyDunyo

IShIDning yuqori rutbali rahbari raketa hujumida o`ldirildi

'IShIDning yuqori rutbali rahbari raketa hujumida o`ldirildi'ning rasmi

AQSh harbiylari Evropadagi teraktlarni rejalashtirish uchun mas`ul bo`lgan IShIDning Suriyadagi yuqori martabali etakchisini yo`q qilganini ma`lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

AQSh Markaziy qo`mondonligining ma`lum qilishicha, Xolid al-Jaburiyning o`limi IShID uchun dunyoda teraktlar rejalashtirishni qiyinlashtiradi. Departament halok bo`lgan jangariaynan qaysi teraktlar uchun javobgarligini tilga olmagan.

«IShID mintaqaga va uning tashqarisiga tahdid solishida davom etmoqda. Guruh zaiflashgan bo`lsa-da, mintaqada amaliyotlar o`tkazishga qodir va Yaqin Sharqdan tashqarida zarba berishga harakat qilmoqda», — deydi AQSh Markaziy qo`mondonligi rahbari, general Maykl Kurilla.

Ma`lumotlarga ko`ra, raketa hujumi oqibatida tinch aholi vakillari jabrlanmagan.

AQSh boshchiligidagi koalisiya so`nggi oylarda Suriya shimolida IShIDning yuqori martabali a`zolari va yana bir ekstremistik guruh – Xurras al-Din («Al-Qoida»ning Suriyadagi bo`limi hisoblanadi)ga qarshi bir necha bor zarbalar berdi.

Turli hisob-kitoblarga ko`ra, ayni damda IShIDning Iroq va Suriyada 5-7 ming a`zosi va tarafdorlari bor, ularning yarmiga yaqini jangarilardir. Ular asosan qishloqlar va chekka manzilgohlarda joylashgan. 

    Boshqa yangiliklar