AsosiyJamiyat

Senatning navbatdagi yalpi majlisi kuni ma`lum qilindi

'Senatning navbatdagi yalpi majlisi kuni ma`lum qilindi'ning rasmi

Bugun, 4 aprel kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Uni Senat Raisi Tanzila Narbaeva olib bordi.

Majlisda Senatning o`ttiz to`qqizinchi yalpi majlisini 2023 yilning 6 aprel kuni chaqirish to`g`risida qaror qabul qilindi.

Qayd etilganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o`tkaziladigan mazkur yalpi majlisda bir qator qonunlar va masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

 “Davlat hisobidan yuridik yordam ko`rsatish to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga O`zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo`riqlash va himoya qilishni yana-da kuchaytirishga qaratilgan qo`shimcha va o`zgartishlar kiritish haqida”gi, “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta`minlashga qaratilgan o`zgartish va  qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasi bilan Qozog`iston Respublikasi o`rtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o`tashni davom ettirish uchun topshirish to`g`risidagi Shartnomani (Nur-Sulton, 2021 yil 6 dekabr) ratifikasiya qilish haqida”gi, “O`zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o`rtasida harbiy sohada hamkorlik to`g`risidagi Bitimni (Toshkent, 2022 yil 21 iyun) ratifikasiya qilish haqida”gi hamda “O`zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o`rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik to`g`risidagi Bitimni (Toshkent, 2022 yil 21 iyun) ratifikasiya qilish haqida”gi qonunlar muhokama qilinadi.

Shu bilan birga, senatorlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakilining (ombudsmanning) 2022 yildagi faoliyati to`g`risidagi hisobotini, O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2022 yildagi faoliyati to`g`risidagi axborotini eshitadi.

Bundan tashqari, yalpi majlis kun tartibi doirasida muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash hamda ularning xavfsizligini ta`minlash choralari yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligiga parlament so`rovi yuborish, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo`yi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta`minlash hamda zamonaviy innovasion texnologiyalarni keng tatbiq qilish bo`yicha belgilangan vazifalar ijro etilishi yuzasidan 2022 yil 7 oktyabrda qabul qilingan SQ-638–IV-sonli qarori bajarilishi masalalarini ham  ko`rib chiqish nazarda tutilgan.

Yalpi majlisda Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini ham tasdiqlash rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar