"Uzbekistan Airways" bahor-yoz jadvali bo`yicha Toshkentdan Nijniy Novgorodga muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshladi.
Endilikda Toshkentdan Rossiya shahriga muntazam qatnovlar haftada ikki marta – seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
- Toshkentdan uchib ketish – 18:00
- Nijniy Novgorodga etib kelish – 20:00
- Nijniy Novgoroddan uchib ketish – 21:30
- Toshkentga etib kelish – ertasi kuni soat 03:00
Uchib ketish va etib kelish manzili mahalliy vaqt bilan ko`rsatilgan.
Bir tomonga aviachipta narxi 1 442 630 so`mdan, ikki tomonga 2 326 734 so`mdan boshlanadi.
Narxlar 2023 yil 4 aprel holatiga ko`ra amal qiladi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti orqali 3% chegirma bilan, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, "Uzbekistan Airways Sales" orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.






