AsosiyJamiyat

Toshkentning 3 ta tumanida ertagacha gaz o`chiriladi

'Toshkentning 3 ta tumanida ertagacha gaz o`chiriladi'ning rasmi

Ta`mirlash ishlari sababli 4 aprel soat 08:00 dan 5 aprel soat 08:00 ga qadar Sergeli, Yangihayot va Chilonzor tumanlarining ayrim mahallalarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi, deya xabar qildi Energetika vazirligi.

Yangihayot tumanida «Yangi Choshtepa» MFY hududidan o`tgan yuqori bosimli gaz quvuriga gaz hisoblagich o`rnatish ishlari rejalashtirilgan. Shu tufayli, 4 aprel kuni soat 08:00 dan 5 aprel kuni soat 08:00 ga qadar:

Sergeli tumani aholi iste`molchilari: «Sohibqiron», «Saxovat», «Yangi Sergeli», «Qipchoq», «Ezgulik», «Nurhayot», «Madadkor», «Ittifoq», «Ziynat», «Nilufar», «Mehrigiyo», «O`zgarish», «Xabibiy», «Bunyodobod», «Yangi Bunyodobod» MFYlarida joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 21 566 ta aholi xonadonlarida hamda «Junariq», «Nog`ay qo`rg`on», Yuqori darxon", «Qubaytepa», «Qutbaraka», «So`g`diyona», «Sofdil», «Daryo bo`yi» MFYlaridagi jami 7 634 ta uy xo`jaligida;

Sergeli tumani ulgurji iste`molchilari: 85 ta sanoat korxonasi, 11 ta maktab, 4 ta MTM, 41 ta umumiy ovqatlanish ob`ekti, 68 ta nonvoyxona va 184 ta kommunal-maishiy korxona — jami 393 ta ulgurji iste`molchida;

Yangihayot tumani aholi va ulgurji iste`molchilari: «Fayzli», «Choshtepa», «Yangi Shoshtepa», «Yangi Darxon», «Tashabbus», «Yangi umid», «Yangi turmush», «Humo», «Yangi Hayot», «Oriyat», «Gulshanobod», «Marhamat», «Ibrat», «Olchazor», «Xushnud», «Navqiron», «Yorqin hayot», «Charog`on», «Chorbog`», «Viqor», «Al-Farg`oniy», «Do`stlik», «Iqbol», «Yo`ldosh», «Toshkent», «Chortoq» MFYlardagi jami 5 251 ta uy xo`jaligida va ko`p qavatli uylardagi jami 29 835 ta aholi xonadoni hamda 316 ta ulgurji iste`molchida;

Chilonzor tumani aholi va ulgurji iste`molchilari: «Beshqo`rg`on», «Tirsakobod», «Xayriobod», «Xon to`pi», «Bek to`pi», «2-Qatortol», «Mevazor», «Yakkabog` MFYlardagi jami 6 000 ta uy xo`jaligida hamda 47 ta ulgurji iste`molchida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatildi.

Ta`mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar